11:36 / 02.10.2019
1
10260
SPART EKO gorelkalari va Goodwell suv isitgichlari, sirkulatsion nasoslari nega har bir hovlida bo‘lishi kerak?

SPART EKO gorelkalari maishiy hayotda nima uchun kerak?

1.    Birinchi navbatda havo-gaz qorishmasini aniq aralashtirish uchun zarur.

2.    Zamonaviy gorelkalarda yangi texnologiya va ishlanmalar mavjud bo‘lib, ular tabiiy gaz yonishini maksimum darajada oshirishga yordam beradi.

3.    Bu qurilmalarni o‘rnatish va joyidan ko‘chirish oson. Ortiqcha ovoragarchiliklarga hojat qolmaydi.

4.    Uzoq muddatgacha chidamlilik hamda ishonchli sifat.

5.    Gorelkalar sanitariya-gigiyena qoidalariga javob beradi.

6.    Ortiqcha shovqin-suronsiz ishlaydi.

Ushbu gorelkalarning ajralib turuvchi yana bir jihati ularning chidamli, hamyonbop va avtomatlashtirilganidadir. Bundan tashqari, SPART EKO gorelkalari eski suv isitish qozonini butunlay yangilash tashvishidan ham xalos qiladi. Uzoq yillar davomida ishlatib kelinayotgan suv isitish qozoni (katyol)ning gorelkasini SPART EKO   ning avtomatlashtirilgan gorelkalariga almashtirilish bilan zamonaviy va xavfsiz qurilmaga ega bo‘lish mumkin. Agar harorat to‘g‘ri belgilansa, suv ma'lum darajaga yetganda o‘chadi, sovigandan keyin esa yonadi.

Xavfsizlik borasidagi afzalligiga to‘xtalganda ham SPART EKO  gorelkalari sizni butunlay xotirjam qiladi. Uyga maishiy gaz kelishi to‘xtasa hamda tashqi ta'sirlar, ya'ni qattiq shamol orqali olov o‘chib qolsa, SPART EKO  gorelkasining yong‘in xavfsizlik klapani avtomatik tarzda yopiladi. Gaz qaytib kelganida atrofga gaz isi chiqmaydi. Xonadon egasi 40-50 foizgacha gazni tejab qolishi mumkin.

Ushbu mahsulotga SPART EKO 1 yil kafolat beradi.  

Ayni paytda Respublikada ko‘pchilik osma suv isitish qozonlaridan foydalanmoqda. Lekin ushbu qurilma baravariga ham issiq suv ta'minoti, ham issiqlikni saqlashga ixtisoslashmagani tufayli noqulayliklar keltirib chiqaradi.  

Goodwell bilsovita suv isitgichlari esa kotyol (suv isitish qozoni) yoki istalgan boshqa issiqlik manbasiga ulanish orqali sovuq suvni isitib berishga moslashgan bo‘lib, bu kabi muammolarning oldini oladi.

Goodwell suv isitgichlarini bir marta ishlatib bir necha kunlik issiq suv zaxirasiga ega bo‘lish mumkin

Goodwell suv isitgichlari kotyol (suv isitish qozoni)ga ulanadi va o‘zida 60 litrdan – 500 litrgacha miqdorda issiq suv zaxirasini saqlaydi.

Tuzilishiga ko‘ra maxsus qatlamlar – po‘kak va qobiq shaklida ishlangan Goodwell suv isitgichlari o‘zida haroratni saqlab turish qobiliyatiga ham ega. Ushbu isitgichlar orqali isitilgan suv sutkasiga 5 gradusgacha sovishi mumkin. Bu degani bir martada qurilmani ishlatish orqali bir necha kunlik issiq suv zaxirasiga ega bo‘lish va energiya tejamkorligiga erishish mumkin.

Goodwell suv isitgichlari orqali yana bir qancha qulayliklarga erishish mumkin:

-        Suv isitish tizimida xarajatni qisqartirish;

-        Qo‘shimcha va istalgan miqdorda suv zaxirasining bo‘lishi;

-        Bir vaqtning o‘zida 2 yoki undan ko‘p foydalanuvchining suv ishlatishi mumkinligi;

-        Elektr toki va gaz sarflamasligi;

-        Quyosh energiyasidan foydalangan holda ishlatish mumkinligi;

-        Kotyol bilan ulanish imkoniyati.

SPART EKO mahsuloti bo‘lgan Goodwell suv isitgichlarini 1 yillik kafolati bilan sotib olishingiz mumkin.

Bundan tashqari, 15 yillik tajribaga ega SPART EKO  firmasi sizga yana bir mahsulotini taqdim etadi. Firma do‘konlari orqali avtomatlashtirilgan zamonaviy gorelkalarni sotib olib, butunlay xavfsiz isitish tizimiga ega bo‘lishingiz mumkin. Eng so‘nggi texnologiyalar orqali ishlaydigan maxsus qurilma tugmalar orqali yoqiladi va gugurt chaqish noqulayligidan xalos bo‘lasiz.

SPART EKO hozirgi kunda Italiya va Xitoy davlatining brendlaridan gorelkalarning avtomatlarini o‘rnatishda foydalanadi. Xitoy standarti Italiyanikidan 2 baravar arzon bo‘lishiga qaramay, sifat jihatdan deyarli bir xil. Bu bilan ham SPART EKO firmasi odamlarga ham arzon narxdagi, ham sifatli mahsulot yetkazib berishga harakat qilmoqda.

Tsirkulatsion nasoslar balansni ta'minlaydi

Goodwell sirkulatsion nasoslari ham SPART EKO firmasi mahsuloti bo‘lib, ularni 2 yil kafolat muddati bilan harid qilishingiz mumkin.

Ushbu sirkulatsion nasos isitish tizimida suvning to‘g‘ri aylanishini ta'minlaydi. Ayrim xonadonlarda isitish tizimida suvning noto‘g‘ri harakati tufayli suv isitish qozoniga (kotyol) yaqin xonalar harorati yetarlicha issiq bo‘lishi, biroq undan uzoqroqda joylashgan xonalarga esa issiqlik etib bormasligi holatlari qayd etilardi.

Lekin Goodwell sirkulatsion nasoslari orqali bu muammoning yechimini topish mumkin. Nasoslar isitish tizimida suv aylanishining barqarorligini ta'minlash, havo to‘planib qolishining oldini olish orqali xonadondagi har bir xonaning bir maromda isishini ta'minlaydi.

SPART EKO firmasi mahsulot sotib olishni xohlagan, lekin malakali texnik xizmat ko‘rsata oluvchi ustalarni topishga qiynalgan xaridorlarga ham turli tavsiyalar beradi. Shuningdek, maxsus xizmat markazi orqali xodimlar har bir mahsulot xaridida ko‘mak va maslahat berishga tayyor.

Bundan tashqari, SPART EKO firmasining turli hududlarda dilerlik xizmatlari ham mavjud bo‘lib, ular orqali ham murojaatni amalga oshirishingiz mumkin. Shuningdek, tashkilot diler sifatida faoliyat yuritishni xohlaganlarni ham ishga taklif qiladi.

SPART EKO qurilmalari orqali xonadoningiz uchun qulaylik va shinamlik yarating.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasi, 16 uy.

Mo‘ljal: Olmazor BTI

Murojaat uchun telefonlar: +99897 4400262, +99895 1446941, +99890 940 46 34, +99897 763 02 51  

Ish vaqti: 09:00 – 17:00

Viloyatdagi dilerlarimiz:

Navoiy :91 330 54 00

Qarshi:  97 222 88 90

Jizzax: 91 566 66 51

Xorazm: 98 277 02 25, 98 277 20 70

Sayt: www.spart-eko.gl.uz

Instagram: www.instagram.com/sparteko0262

Facebook: www.facebook.com/SpartEko.Goodwell

YouTube: SPART EKO

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top