AEXA: Eronning Natanzdagi obektida radiatsiya sizib chiqdi
Isroil Natanzdagi Eronning eng yirik uran boyitish markaziga zarba berdi. AEXA ma’lumotlariga ko‘ra, inshoot ichida radiatsiya ajralib chiqqan.

Foto: Maxar Technologies/Handout/REUTERS
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi 13 iyun, juma kuni Eronning Natanz shahridagi uranni boyitish bo‘yicha muhim inshootda Isroil hujumlaridan so‘ng alfa-zarralar ajralib chiqdi, dedi. «Natanz inshooti tashqarisidagi radiatsiya darajasi o‘zgarishsiz qolmoqda. Tegishli himoya choralari bilan nazorat qilinadi», — deya Grossining so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik matbuot xizmati.
Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Islomiy, o‘z navbatida, Isroil hujumlari Natanzdagi inshootga jiddiy zarar yetkazmagani va radiatsiya sizib chiqishiga olib kelmaganini da’vo qilmoqda. «Zarar yer darajasida bo‘lgani va qurbonlar bo‘lmagani yaxshi. Aholini xavotirga solishi mumkin bo‘lgan radiatsiya sizib chiqishi ham kuzatilmagan. Hozirda yetkazilgan zararni baholayapmiz», — dedi u.
Avvalroq Eronning Isfaxon viloyati gubernatori xavfsizlik xizmati rahbari o‘rinbosari Akbar Solihiy Natanzda yadroviy zaharlanish haqida xabarlar yo‘qligini ma’lum qilgandi.
Grossining ta’kidlashicha, davlatlar o‘rtasidagi vaziyat yoki munosabatlardan qat’i nazar, yadroviy inshootlarga «hech qachon hujum qilinmasligi kerak». Bunday hujumlar Yer aholisiga ham, atrof-muhitga ham zarar yetkazishi mumkin, dedi u. «Bunday hujumlar yadroviy xavfsizlik va kafolatlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tinchlik va xavfsizlik uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi», — deya BMT matbuot xizmati AEXA rahbarining so‘zlarini keltirdi.
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Ukraina Volgograddagi harbiy aerodromga hujum qildi. Ikkita Su-34 samolyoti yo‘q qilingani aytilmoqda
Jahon | 23:31 / 27.06.2025
-
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi
Jamiyat | 23:04 / 27.06.2025
-
Toshkentda tirbandliklarni prognoz qiladigan markaz ish boshladi, aka 3 yoshli ukasini sotuvga qo‘ydi, Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» bilan taqdirlandi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:53 / 27.06.2025
Mavzuga oid

20:14 / 27.06.2025
Isroil qiruvchilari «Hizbulloh»ning Livan janubidagi obektiga zarbalar berdi

18:35 / 27.06.2025
Eron fuqaroviy yadro dasturiga 30 milliard dollar sarmoya – AQSh Tehron bilan muzokaralarni tiklamoqchi

15:26 / 27.06.2025
Eronning Isroilga bergan zarbalaridan ko‘rilgan zarar 3 mlrd dollarni tashkil qildi

08:50 / 27.06.2025