07:28 / 04.10.2019
0
5320

Hindistonda qayiqning ag‘darilishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi bedarak yo‘qoldi 

Foto: Flickr / meg and rahul

Hindiston sharqida qayiqning ag‘darilishi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ko‘proq kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Times of India nashri xabar berdi.  

Voqea 3 oktabr kechki vaqt Chanchal shahridagi (G‘arbiy Bengaliya shtati) Maxananda daryosi o‘rtasida yuz bergan. Kemada 70 dan ko‘proq odam bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, falokatga kemaning me'yoridan ortiq yo‘lovchilar bilan yuklangani sabab bo‘lgan. 

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top