10:11 / 07.10.2019
0
12068
«O‘zbekiston temir yo‘llari» QQS stavkasi tufayli chiptalar narxi pasaytirilganini ma'lum qildi
Foto: KUN.UZ

2019 yilning 1 oktabr kunidan O‘zbekistonda QQS stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha kamayganligi sababli chipta narxi mos ravishda pasaytirildi.

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» xabarida aytilishicha, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining pasayishi «O‘zbekiston temir yo‘llari»AJning barcha mahalliy va xalqaro poyezdlari uchun komissiya yig‘imiga ham tegishlidir.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev yilning birinchi yarmida qo‘shimcha 571 ming soliq to‘lovchi aniqlangani haqida ma'lum qilgandi. Daromad solig‘i davlat budjetini shakllantiruvchi uchinchi soliq turi ekanini inobatga olinsa, bu muhim ahamiyatga ega ekani oydinlashadi.

Ayni shu natijalar qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini pasaytirish qarorini qabul qilishga turtki bo‘lgan. Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasining tushirilishi natijasida respublika miqyosida xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar ixtiyorida 10 trillion so‘mdan ortiq aylanma mablag‘ tejab qolinadi.
 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top