Davlat rahbari raisligida ötkazilayotgan yiğilişda qişloq xöjaligida ham iş örinlari va tovar aylanmasini “soyadan” çiqariş zarurligi ta’kidlandi. Qayd etilişiça, endilikda qöşilgan qiymat soliğini qaytarib beriş böyiça imtiyoz milliy valutada eksport qilgan tadbirkorlarga ham tatbiq qilinadi.
Şuningdek, yiğilişda göşt, sut va tuxum işlab çiqarişni kengaytiriş maqsadida 315 mln dollar resurs yönaltirilişi belgilandi. Bu mablağ çorva kompleksini taşkil qiliş, qoramol oliş, omuxta-yem çiqariş uçun milliy valutada 17 foizdan 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga beriladi.
Çorva xöjaliklarini aylanma mablağ bilan ta’minlaşga ham 1 trln söm imtiyozli kredit yönaltiriladi. Uşbu kreditlarning 18 foizdan oşgan qismi Tadbirkorlik jamğarmasidan barça tadbirkorlarga qoplab beriladi.
Bundan taşqari, yiğilişda joriy yilda baliq yetiştiriş hajmini 1 mln tonnaga yetkaziş va qöşimça 50 ming aholini band qiliş tarmoq mas’ullarining asosiy vazifasi bölişi qayd etildi.
Daryo böylarida kamida 500 ta havza taşkil qilib, kooperatsiya asosida baliq yetiştirişni yölga qöyiş topşirildi. “Oilaviy tadbirkorlik” dasturlari doirasida baliq boqiş uçun garovsiz kreditni 100 mln sömgaça oşiriş taklif qilindi.













