12:55 / 07.10.2019
3
19194
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida yangi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Foto: Transport vazirligi

Transport vazirligi tomonidan “Farg‘ona-Qizil Qiya” yo‘nalishida avtobus qatnovlari tashkil etildi. Bu haqda vazirlik xabarida aytiladi.

Yo‘nalishning ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Qizil-Qiya shahri va Farg‘ona viloyati hokimligi mutasaddilari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 

Mazkur yo‘nalishda “Mansur Mirzohid” MChJ korxonasi yumshoq o‘rindiqli zamonaviy ISUZU avtobuslarida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. 

“Farg‘ona-Qizil Qiya” yo‘nalishi masofasi deyarli 37 km.teng bo‘lib, chipta narxi 7 ming so‘m etib belgilandi. 

Qirg‘iziston tomonidan esa yo‘nalishga mikroavtobuslar qo‘yilgan bo‘lib, Qizil Qiya shahri avtovokzalidan soat 09:00, 10:00, 14:00 va 15:00 da Farg‘ona tomon harakatlanadi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top