Qirğiziston vazirlar mahkamasi raisi – prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovning Özbekistonga taşrifi doirasida Qirğizistonning Toşkent şahridagi elçixonasi yangi binosi oçiliş marosimi bölib ötdi.
Ikki mamlakat boş vazirlari ramziy tasmani kesib, Qirğiziston diplomatik vakolatxonasi binosini oçib berdi. Elçixonada diplomatlar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

Şuningdek, Abdulla Aripov va Aqilbek Japarov mamlakatlar va qardoş xalqlar örtasidagi döstlik munosabatlarini mustahkamlaşga intiliş ramzi sifatida ikki tup daraxt ekdi. Elçixona faxriy mehmonlar kitobiga öz tilaklarini yozib qoldirdi.

















