Qirğiziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov mamlakatda ommaviy tadbirlar ötkazişga bolalarni jalb qilişni taqiqlaş böyiça topşiriq berdi. U Vazirlar Mahkamasi apparati yiğilişida şunday körsatma bergan, deb yozdi Kaktus. 

2 may kuni respublikaning Suzoq viloyatidagi maktab öquvçilari örtasida musobaqa bölib ötayotgan joyda yuk maşinasi bolalarni urib yuborgan edi. Haydovçining sözlariga köra, u maşinani tark etgan va uning qanday harakatlana boşlaganini sezmay qolgan. Keyin esa uning ortidan yetib olişga va töxtatişga ulgurmagan. Oqibatda transport vositasi bolalarni urib yuborgan. Haydovçi hibsga olingan, ammo keyinçalik uy qamoği şarti bilan qöyib yuborilgan. 

Qirğiziston Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, hodisada 32 nafar bola jarohat olgan.