19:30 / 08.10.2019
0
20620

ASA tashkiloti o‘zbekistonlik jangchi Bekzod Nurmatovning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi 

Rossiyaning Absolute Championship Akhmat (ACA) tashkiloti o‘zbekistonlik aralash yakkakurash jangchisi (MMA) Bekzod Nurmatovning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirdi. Bu haqda liga asoschisi Mayrbek Xasiyev Instagram’da ma'lum qildi. 

Nurmatov Checheniston poytaxti Grozniyda 4 oktyabrda o‘tgan Absolute Championship Akhmat 100 turnirida 36 yoshli rossiyalik Beslan Isayev bilan jangdan keyin insultga uchrab, vafot etgan.

“Biz eng qo‘rqqan narsa yuz berdi. Yaqinlari bilan qayg‘udamiz”, deb yozgan Xasiyev.

5 daqiqadan 3 raund o‘tgan jangda tajribaliroq Isayev hakamlar qarori bilan g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik sportchida jangdan keyin insult yuz berib, u komaga tushgan. Shifokorlar sportchining hayoti uchun 3 kun kurashishgan, biroq 7 oktyabrga o‘tar kechasi Bekzod vafot etgan. Nurmatovning jasadi 8 oktyabrda O‘zbekistonga yetkazildi.   

Sportchi 27 yoshda bo‘lgan. U o‘z faoliyati davomida 13 ta jang o‘tkazib, 11 tasida g‘alaba qozongan, 2 tasida mag‘lubiyatga uchragan.

Bekzod O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasidagi o‘qishi vaqtidayoq qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempioni,unvoni, Jahon kubogini qo‘lga kiritgan, 3 marta Osiyoda tengsiz bo‘lgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top