14:13 / 09.10.2019
1
10817
O‘zbekiston hukumati 10 yilda muhojirlar sonini 16,6 foizga qisqartirish niyatida
Foto: LiveJournal

O‘zbekiston hukumati 2030 yilga kelib mehnat muhojirlari sonini 2018 yilga nisbatan 16,6 foizga - 1,96 million kishigacha kamaytirishni rejalashtirmoqda. Bu respublikaning 2030 yilgacha kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi konsepsiyasi loyihasida nazarda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2018 yilda 1 million 960 ming kishi chet eldan ish izlab O‘zbekistonni tark etgan.

Loyihada aytilishicha, 2030 yilda mamlakatdagi iqtisodiy faol aholi soni 17 foizga o‘sadi - 2018 yildagi 15,099 million kishidan 17,707 milliongacha. Shu tariqa, muhojirlar soni 2,355 millionga qarshi 1,965 million kishigacha kamayadi, pasayish darajasi 16.6 foizni tashkil qiladi.

2030 yilda mamlakatning o‘rtacha yillik doimiy aholisi soni, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi prognozlariga ko‘ra, 38,6 million kishiga yetadi.

Mehnat migratsiyasini kamaytirish chora-tadbirlari orasida yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun xususiy biznes daromadlariga soliq yukini qisqartirish, yangi korxonalarni asosan mehnat bozorida keskin vaziyat yuzaga kelgan hududlarda joylashtirish, shuningdek, ish beruvchilarni ishchi kuchini jalb qilishga undovchi Mehnat kodeksini qayta ko‘rib chiqish mavjud.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top