20:25 / 10.10.2019
0
16503

Dilshod Saidjonov AOKA rahbariga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti Adminstratsiyasi rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, Dilshod Madraximovich Saidjonov O‘zbekiston Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik rasmiy saytida xabar berilgan.

U bu lavozimda Avazbek Jabbarkulovich Xodjimetovning o‘rnini egalladi.

Dilshod Saidjonov shu vaqtga qadar Agentlikning Axborot siyosati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ayni vaqtda agentlik rahbari Komil Allamjonovning birinchi o‘rinbosardan tashqari yana ikki o‘rinbosari bor. Bular Saida Shavkatovna Mirziyoyeva va G‘ayrat Nazarovich Bozorov hisoblanadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top