00:42 / 10.10.2019
0
5681
Iroqda namoyishlarda halok bo‘lganlar xotirasiga 3 kunlik motam e'lon qilindi 
Foto: AFP

Iroq bosh vaziri Odil Abd al-Mahdiy Iroqda 2 haftadan beri davom etayotgan norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar xotirasiga 3 kunlik motam e'lon qildi.   

Halok bo‘lgan namoyishchilar va xavfsizlik xizmatlari xodimlari xotirasiga motam 10 oktyabrdan 12 oktyabrgacha davom etadi.   

Namoyishchilar va xavfsizlik xizmatlari xodimlari o‘rtasidagi qaqshatqich to‘qnashuvlar bilan kechayotgan namoyishlar 1 oktyabrda Bag‘dodda boshlanib, nafaqat poytaxtni, balki mamlakat janubidagi bir nechta viloyatni ham qamrab olgan. Namoyishchilar hukumatning iste'fosi, turmush tarzlari yaxshilanishi, sog‘liqni saqlash, ta'lim va mehnat bozoridagi muammolarning hal qilinishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashni talab qilishmoqda. Ayni kungacha namoyishlar vaqtida 165 kishi halok bo‘lgan, 6 mingdan ko‘proq kishi jabrlangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top