U va ikki tansoqçisi amerikaliklar droni zarbasiga uçragan maşinada bölişgan, ularning uçalasi ham halok bölgan.
Pentagondagilar Abu Bakir al-Sa’diy mintaqadagi amerikalik harbiylarga hujumlarni taşkillaştirişga mas’ul bölganini bildirgan.
AQŞ Iroqdagi özi terrorçi sanaydigan mazkur «Kataib Hizbulloh» guruhini amerikaliklarning Iordaniyadagi bazasiga hujumda ham ayblagan, yanvar oyi oxiridagi hujum oqibatida amerikalik uç nafar harbiy xizmatçi halok bölgandi.
AQŞning Iroqqa bostirib kirişidan keyin tuzilgan «Kataib Hizbulloh» şia guruhi Eronning sönggi vaqtlarda amerikaliklarning mintaqadagi bazalariga hujumlar uyuştirayotgan ittifoqçilari orasida eng asosiylaridan biri sanaladi.

AQŞ bayonotiga köra, «Kataib Hizbulloh» Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi bilan yaqin aloqa örnatgan va bir neça bor Eronning yordami va kömagi bilan koalitsiya kuçlariga hujumlar uyuştirgan.
Yanvar oyida, amerikaliklarning Iordaniyadagi bazasiga hujumdan keyin, «Kataib Hizbulloh» Iroq hukumatini noqulay ahvolga solib qöymaslik uçun Amerika qöşinlariga hujum qilişni töxtatişini e’lon qilgandi.
Şunga qaramay, amerikaliklar çorşanba kuni keçqurun Bağdodning Maştal tumanida şunday suiqasd uyuştirişdi. Bu gavjum köçada harakatlangan maşinaga yöllangan aniq zarba edi.
AQŞ qurolli kuçlari markaziy qömondonligi (Centcom) hujum mahalliy vaqt bilan soat 21:30 da amalga oşirilgani, uning natijasida «AQŞning mintaqadagi kuçlariga hujumlarni rejalaştiriş va ijro etişga töğridan töğri mas’ul bölgan qömondon» öldirilgani haqida xabar berdi.
«Ayni vaqtda tinç aholi orasida qurbonlar bölgani yoki atrofdagilarga zarar yetkazilgani töğrisida ma’lumot yöq», — deyilgan qömondonlik bayonotida.
BBC jamoasi voqea joyiga yetib borganida u yerda namoyişçilar töplanganiga va şunday hayqirayotganiga guvoh bölişgan: «Amerika — eng katta iblis».

Ötgan yil oktyabr oyida Ğazo sektorida uruş boşlanganidan buyon Amerika qöşini deyarli har kuni raketa yoki dronlar zarbalariga duçor bölmoqda.
Amerikaliklar droni töğridan töğri Iroq poytaxtiga javob zarbasi yöllaşi mintaqada Qöşma Ştatlar tomonidan jiddiy eskalatsiya yuzaga keltirilişi sifatida baholanadi.









