19:52 / 14.10.2019
0
5796
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti qashshoqlikka qarshi kurash uchun berildi

Shvetsiya banki tomonidan Alfred Nobel xotirasiga ta'sis etilgan va iqtisodiyot bo‘yicha norasmiy Nobel mukofoti deb ataluvchi iqtisod fanlari bo‘yicha mukofot 2019 yilda uch olim – amerikalik Maykl Kremer va Abxijit Banerji hamda fransiyalik Ester Dyufloga topshirildi.

Mukofot “global qashshoqlikka qarshi kurashdagi tajribaviy yondashuv uchun” topshirildi.

“Joriy yil sovrindorlari global qashshoqlikka qarshi kurashdagi eng yaxshi yo‘llar bo‘yicha ishonchli javoblarni olishda yangicha yondashuv ishlab chiqishdi. Ularning va ular ortidan borgan tadqiqotchilarning ishlari natijalari amaliyotda qashshoqlikka qarshi kurasha olishimizni ancha yaxshiladi”, deyilgan Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi xabarida.

Sovrindorlarning uslubi global qashshoqlik muammosini ko‘plab mayda muammolarga bo‘lishdan iborat bo‘lib, bu muammolarning yechimlarini tajribalar yordamida topish mumkin.  

Uch sovrindor 9 mln shved kronasi (915 ming dollar) miqdoridagi mukofot pulini o‘zaro bo‘lishib olishadi. 

Ta'kidlash joiz, sovrindorlardan biri Ester Dyuflo iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan tarixdagi ikkinchi ayol bo‘ldi. U, shuningdek, ushbu yo‘nalishda Nobel mukofotini olgan eng yosh sovrindorga aylandi. Bundan tashqari, Dyuflo va uning turmush o‘rtog‘i Abxijit Banerji iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti olgan birinchi oilaviy juftlik bo‘ldi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top