Gidrokimyoviy va mikrobiologik tadqiqotlar natijalari şuni körsatmoqdaki, turli oqova suvlarni 12-15 sutkada töliq biologik tozalaşi mumkin...
Oqova suvlarni biologik tozalaşning ekologik xavfsiz va iqtisodiy arzon hamda samarali usullarini yaratiş suv resurslarini muhofaza qilişning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Oqova suvlarni tozalaşning turli metodlari mavjud. Hozirgi davrda oqova suvlarni tozalaşning biologik metodi, ya'ni, yuksak suv va suv-botqoq ösimliklari yordamida tozalaş tavsiya qilinadi..
Köp yillik ilmiy tadqiqotlarimiz natijasida qişloq xöjaligi korxonalari (qoramollarni bördoqiga boqiş komplekslari, parrandaçilik) va sanoat korxonalari (kanopni qayta işlaş, mineral öğitlar işlab çiqariş, biokimyo, yoğ-moy korxonalari, pillaçilik korxonalari, töqimaçilik sanoati) va kommunal-xöjalik oqova suvlarini organo-mineral moddalardan, oğir metallardan, sianidlardan, neft mahsulotlaridan hamda patogen mikroorganizmlardan yuksak suv ösimliklari — pistiya, eyxorniya va azolla yordamida biologik tozalaşning yangi samarali biotexnologiyasi yaratilgan.
Pistiya (Pistia stratiotes L., Araceae ), eyxorniya (Eiçhorpia crassipes Solms., Poptederiaceae) va azolla (Azolla carolipiapa Willd., sem. Azollaceae) suv betida qalqib ösuvçi, köp yillik ösimliklar bölib, tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. Hozirgi paytda mazkur ösimliklar Özbekiston şaroitiga muvaffaqiyatli introduksiya qilingan.
Olib borilgan gidrokimyoviy va mikrobiologik tadqiqotlarimiz natijalariga köra, turli oqova suvlarni 12-15 sutkada töliq biologik tozalaşi mumkin. Bu vaqt içida saprofit mikroorganizmlar soni ming martagaça, içak tayoqçalari guruhi bakteriyalari esa uç-tört kundan keyin umuman uçramaydi. Suv tarkibidagi mikrofloraning miqdori keskin kamayib, ösimlik va hayvonlar uçun patogen hisoblangan mikroskopik zamburuğlar yöqolib ketadi. Suvning fizikaviy va kimyoviy körsatkiçlari yaxşilanadi, ya'ni suvning oksidlanişi darajasi kamayadi, suvdagi azot va fosfor ionlari ösimliklar tomonidan deyarli töla özlaştiriladi, suvda erigan kislorod miqdori köpayadi, oqova suv tiniqlaşadi va qölansa hidi yöqoladi.
Pistiya, eyxorniya va azolla yordamida tozalagan suvni texnik maqsadlarda, ya'ni molxonalarni yuvişda, qişloq xöjalik ekinlarini suğorişda, kanop poyasini ivitişda yoki baliqçilik hovuzlariga va oçiq suv havzalariga çiqarib yuboriş mumkin.


















