Ultrabinafşa nurlar yordamida suvni mikroblar va boşqa ifloslanişlardan tozalay oladigan Quartz nomli 0,5 litrli idiş yaratildi.
Quartz taşqi körinişi bilan bolalar termosini eslatib yuboradi. Biroq qiziği idişning içida yaşiringan. Unda suvni hid paydo bölişiga olib keluvçi va xavfli bölgan mikroblar va boşqa organizmlardan tez tozalay oluvçi ultrabinafşa lampa joylaştirilgan.
Idişga 0,5 litr suv soliş mumkin. Bunday hajmdagi suvni tozalaş uçun ultrabinafşa lampani bir daqiqaga yoqib qöyiş kifoya qiladi. Lampani yoqiş tugmasi idiş qopqoğida joylaşgan. Qurilma yaratuvçilarining va'da berişlariça, Quartz’ning akkumulyatori 2 oy işlatişga yetadi. Akkumulyator microUSB raz'yomi orqali quvvatlanadi.
Gadjyetni işga, trenirovkaga va köp miqdorda suvni taşib yuriş qiyinçilik tuğdiradigan safarlarga ham oliş mumkin. Quartz, şuningdek, termos kabi ham işlaydi.
Quartz loyihasi uçun Kickstarter’da zarur bölgan pulni yiğişga muvaffaq bölingan. Idişning ilk xaridorlari uni 2018 yil martida olişlari mumkin böladi. Idişning buyurtma böyiça narxi 59 dollarni taşkil qiladi.














