12:30 / 15.10.2019
1
10802
IIV Jizzaxda ichki ishlar xodimining kaltaklanishi yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi
Foto: KUN.UZ

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organi xodimiga nisbatan fuqarolar tomonidan tan jarohati yetkazilayotgani aks etgan videolavha tarqaldi.

IIV axborot xizmati ma'lum qilishicha, mazkur holat 2018 yilning avgust oylarida Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Sharilloq” mahallasi hududida sodir etilgan.

Voqea tafsilotiga ko‘ra, hududning profilaktika inspektori jamoat tartibini buzayotgan mast holdagi uch nafar fuqaroni tinchlantirish jarayonida, shu atrofda bo‘lgan ayrim shaxslar tomonidan faol qarshilikka uchragan va unga nisbatan bir guruh fuqarolar tomonidan tan jarohati yetkazilgan.

Qayd etilishicha, huquqbuzarlik sodir etgan barcha shaxslarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda qat'iy qonuniy choralar ko‘rilgan.

“Ichki ishlar vazirligi jamoatchilikdan ichki ishlar organlari xodimlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan videotasvirlarni tarqatishdan o‘zlarini tiyishlarini, ushbu harakatlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqarishini ta'kidlab o‘tadi”, - deyiladi xabarda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top