Jizzaxda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari majburiy mehnatga jalb qilingan bo‘lishi mumkin – fotolar
Tahririyatga kelib tushgan fotosuratlarda viloyat FVB xodimlari Zomin tumanida odamlarning uylarini tozalab, devorlarini oqlash va bo‘yash ishlarida ishtirok etayotgani ko‘rinadi. Ma’lumot uchun, bu tuzilmaning asosiy vazifasi tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda fuqarolar muhofazasini ta’minlashdan iborat.
Kun.uz’ga navbatdagi murojaat Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlaridan yo‘llandi. Unda yozilishicha, viloyat FVB xodimlari o‘z hisobidan Zomin tumanida odamlarning uylarini tozalashga, devorlarni oqlash va bo‘yash ishlariga jalb qilinmoqda.
“Assalomu alaykum, Kun.uz xodimlari. Biz Jizzax viloyati FVBda ishlaymiz. Quyosh chiqdi degandan bizlarni Zominga odamlarning uylarini tozalashga, devorlarni oqlashga jo‘natishadi. Oyligimiz yo‘lkiraga ketyapti. Iltimos sizlardan, shu muammoni yoritsanglar. Biz boshliqlarga aytsak ishdan olib tashlaydi”, deyiladi shaxsi sir qolishini istagan xodim murojaatida.
Ma’lumot uchun, Mehnat kodeksining 5-moddasida O‘zbekistonda majburiy mehnat taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismiga ko‘ra mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash BHMning 50–100 barobari (17 mln so‘mdan 34 mln so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qonun hujjatlariga ko‘ra favqulodda vaziyatlar xizmatlari tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, avariya-qutqaruv tadbirlarini tezkor tashkil etishdan iboratdir.
Mavzuga oid
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024
Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
11:45 / 01.12.2024