17:40 / 15.10.2019
0
4248
«O‘zstandart» 2019 yilda nomuvofiq deb topilgan import mahsulotlari ro‘yxatini e'lon qildi

Bugun, 15 oktabr kuni, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘zstandart» agentligi, Bojxona qo‘mitasi, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi va boshqa tuzilma vakillari ishtirokida anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda import qilinuvchi oziq va nooziq ovqat mahsulotlarning aholi salomatligiga ta'siri borasida mulohazalar muhokama etildi. «O‘zstandart» agentligi tomonidan sifatsiz deb topilgan mahsulotlar ro‘yxati e'lon qilindi.

Ma'lum bo‘lishicha, joriy yilning 8 oyi bo‘yicha import mahsulotlarini sertifikatlashtirish jarayonida jami miqdori 2,9 mlrd so‘m qiymatiga ega 14 turdagi mahsulotning 20 holat yuzasidan me'yorlarga nomuvofiqligi aniqlangan. Bular qatoriga quyidagilar kiradi: konservalangan no‘xat – 320 mln so‘m, nok sharbati – 147 mln so‘m, avtomobil shinalari – 500 mln so‘m (barchasi XXRda ishlab chiqarilgan), palma yog‘i – 692 mln so‘m (500 mln so‘m – Qozog‘iston, 192 mln so‘m – Malayziya), pista yog‘i – 376 mln so‘m (Rossiya), gaz ballonlari – 148 mln so‘m (Armaniston).

Iste'mol mahsulotlari qatorida «Borjomi (Gruziya) mineral suvi «mineralizatsiya (K, Na)» va «permanganat oksidlanishi» ko‘rsatkichlari bo‘yicha standart talablariga javob bermaydi.

Shuningdek, 2019 yilda bolalar o‘yinchoqlari (Xitoyda ishlab chiqarilgan), sirka (Rossiya), tomat ketchupi (Qirg‘iziston), «Borjomi» mineral suvi (Gruziya), tovuq sosiskalari (Kanada) yaroqsiz, deb topildi. Hindiston, Xitoyda ishlab ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlaridan probalar tanlab olinib sinovdan o‘tkazilganda belgilangan normalar bo‘yicha 1 va 3 ko‘rsatkichlarga mos kelmadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top