Inson salomatligi uchun xavfli deb topilgan sariyog‘ importiga taqiq qo‘yildi
«O‘zstandart» agentligi tomonidan inson salomatligi uchun xavf tug‘diradigan sariyog‘ mahsuloti importiga cheklov joriy etildi.

Ma'lum qilinishicha, «O‘zstandart» agentligi huzuridagi departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida sotilayotgan «Lurpak unsalted butter» sariyog‘i sifat talablariga javob bermagan.
Ushbu mahsulot Daniya davlatida «ARIA FOODS AMBA» korxonasi tomonidan 2020 yil 3 iyulda ishlab chiqarilgan. «O‘zstandart» agentligi huzuridagi departament tomonidan «Lurpak unsalted butter» – 82 foizli sariyog‘ mahsuloti «Sut va sut mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglament talablariga javob bermadi, deb topilgan.
Mahsulot tarkibida iste'mol uchun yaroqsiz bo‘lgan o‘simlik yog‘i aniqlangan.
Xabarlarga ko‘ra, «Lurpak unsalted butter» sariyog‘ mahsuloti amaldagi texnik reglament talablariga muvofiq kelmagani sababli importini cheklash yuzasidan Bojxona qo‘mitasiga ma'lumot kiritilgan.
Avvalroq, «Rosselxoznadzor» 2021 yil 14 apreldan boshlab Rossiyaga O‘zbekistonning 17ta korxonasiga «pomidor jigarrang bujmayish virusi»dan xoli deb topilgani bois pomidor olib kirishga ruxsat bergani ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
-
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar
Jahon | 00:45
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
Mavzuga oid

07:40 / 28.09.2024
Toshkentda iste’molga yaroqsiz sariyog‘ni sotmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

15:23 / 04.04.2024
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

23:00 / 31.03.2021
O‘zbekistondagi ko‘p qurilish obektlarida sifatsiz mahsulotlar ishlatilayotgani aytildi

13:28 / 30.03.2021