«Özstandart» agentligi huzuridagi Departament tomonidan «Oziq-ovqat mahsulotini tamğalaş yuzasidan uning xavfsizligi töğrisida»gi umumiy texnik reglament talablarining bajarilişi yuzasidan tekşiruv işlari olib borildi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.
Poytaxt savdo rastasida sotilayotgan Rossiyada işlab çiqarilgan, «MOS PROD TORG» MÇJ tomonidan respublikaga import qilingan «Ostankino-novyy standart» MÇJ, «Starodvorskiye kolbasy», şuningdek, «Ostankinskiy myasopererabatyvayuşçiy kombinat» tomonidan işlab çiqarilgan kolbasa va sosiska mahsulotlari oziqlik qimmati (uglevodlar miqdori) töliq yoritilmagani, yorliğidagi ma'lumotni öqiş imkoniyati mavjud emasligi va markirovkasi davlat tilida bölmagani aniqlandi.

«MOS PROD TORG» MÇJ nomiga muvofiqlik sertifikatini rasmiylaştirib bergan sertifikatlaştiriş idorasi mas'ul xodimlariga nisbatan ma'muriy çoralar körilgan.



Avvalroq agentlik Özbekistonga kirib kelgani taxmin qilinayotgan ba'zi mahsulotlar haqida ma'lumot berib, ulardan foydalanmaslikka çaqirgan edi. Şuningdek, yoş onalarga «qurolli öyinçoqlar töplami» böyiça ogohlantiriş bilan çiqqan.











