Vazirlar Mahkamasining tegişli karori bilan Texnik jihatdan tartibga soliş agentligi («Özstandart») direktoriga uç nafar örinbosar tayinlandi. Bu haqda boş vazir matbuot kotibi xabar bermoqda.

Xususan, Abdurauf Abduqayumov Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi direktorining birinçi örinbosari sifatida iş boşlagan.

U 1979 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2002 yilda Toşkent davlat texnika universitetini (magistr) tamomlagan. Muqaddam mazkur agentlikda boşqarma boşliği sifatida işlagan, oxirgi vaqtlarda agentlik direktoriga örinbosar edi.

Abdurauf Abduqayumov

Odiljon Tohirov Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi direktorining örinbosari, Azamat Abdurahmonov Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligining Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspeksiyasi boşliği etib tayinlandi.

Odiljon Tohirov muqaddam agentlikda Muvofiqlikni baholaş va sifat tizimlarini joriy etiş boşqarmasi boşliği bölgan.

Odiljon Tohirov

Azamat Abdurahmonov bungaça Energetika vazirligi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi («Özenergoinspksiya») Toşkent şahri boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan.

Azamat Abdurahmonov

Texnik tartibga soliş agentligi 2021 yilda prezident farmoniga asosan Standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi negizida taşkil etilgan. Agentlik texnik jihatdan tartibga soliş va metrologiya sohalarida davlat siyosatini amalga oşiruvçi respublika davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.

Özbekiston texnik jihatdan tartibga soliş agentligi «Özstandart» agentligining huquqlari, majburiyatlari va şartnomalari, şu jumladan xalqaro şartnomalari böyiça huquqiy vorisi hisoblanadi.