12:05 / 20.10.2019
0
13426

Rossiyalik sobiq tennischi Aleksandr Volkov vafot etdi

Foto: Twitter

Sobiq ittifoq va Rossiyaning sobiq tennischisi Aleksandr Volkov 52 yoshida vafot etdi. Sportchining vafoti sababiga aniqlik kiritilmagan.

Volkovning o‘limi haqida Rossiya tennis federatsiyasi vitse-prezidenti Yevgeniy Kafelnikov tvitterda ma'lum qilgan.

“Bunga ishonish qiyin! Men sening quvnoq tabassumingni va Devis kubogida terma jamoa uchun o‘yinlarimizni hamisha yodda tutaman. Oxirating obod bo‘lsin, do‘stim”, deb yozgan Kafelnikov.

Volkov Professional tennischilar uyushmasining uchta turniri, jumladan 1994 yilgi Kreml kubogi g‘olibi hisoblanadi. 

Rossiya terma jamoasi safida ikki marta (1994, 1995 yillar) Devis kubogi finaliga chiqqan, 1998 yilda esa faoliyatini yakunlagan.

2002 yildan boshlab Rossiya terma jamoasining murabbiyi bo‘lib ishlagan. 2007 yilgacha taniqli tennischi, AQSh va Avstraliya ochiq chempionatlari g‘olibi Marat Safinga murabbiylik qilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top