Amerikalik tennisçi, 45 yoşu 215 kunlik bölgan Vinus Uilyams Australian Open turnirida eng yoşi katta tennisçi ayol sifatida rekord örnatdi.

Uilyams turnirda wild card oldi va birinçi davra bahsida serbiyalik Olga Daniloviçga 7:6 (7:5), 3:6, 4:6 hisobida mağlub böldi.  

U Australian Open musobaqasida beş yil içida ilk bor öynadi.

Uilyams şuningdek, rossiyalik Yekaterina Aleksandrova bilan juftlik razryadida ham qatnaşadi, ularning  bahsi 20 yanvar kuni bölib ötadi. Aleksandrova ham birinçi davraning yakkalik razryadida mağlubiyatga uçragan.

Uilyams faoliyati davomida Melburnda yakkalik bahslarida ikki marta finalgaça borgan (2003, 2017 yillar), tört marta juftlik bahslarida (2001, 2003, 2009, 2010 yillar) va bir marta mikstda (1998 yil) çempion bölgan.