01:43 / 22.10.2019
0
10214

Tramp prezidentligi sababli milliardlab dollar yo‘qotganidan afsuslanmasligini aytdi 

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z davlati uchun maosh olmaslikka qaror qilgani va o‘z shaxsiy mablag‘laridan milliardlab dollar yo‘qotganidan afsuslanmasligini aytdi.

Foto: AP

“Men Doral’ni [Trampning G7 sammiti uchun taklif qilingan Mayamidagi kurorti] bepul taqdim qilgan bo‘lardim. Men bu uchun maoshimni berganim kabi ko‘p pul berardim. Men 450 ming dollar atrofida bo‘lgan prezidentlik maoshimni berib yuboraman”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga.

Trampning fikricha, AQShning ehtimol Jorj Vashingtondan biror boshqa prezidenti o‘z prezidentlik maoshidan voz kechmagan. AQSh prezidenti, shuningdek, prezidentligi tufayli ko‘p pul yo‘qotganini qo‘shimcha qildi. Uning baholashicha, siyosiy karerasi unga 2 mlrddan 5 mlrd dollargacha aylangan. Tramp gap qo‘ldan chiqarilgan daromad, ya'ni prezident bo‘lib ishlash uchun biznesini to‘xtatishiga to‘g‘ri kelgani sababli ishlab topolmagan pullari haqida borayotganini aytgan.   

“Agar men buni yana qilishimga to‘g‘ri kelganda [prezident bo‘lish], rozi bo‘lardim. Men buni o‘z davlatim va xalqim uchun qilmoqdaman”, deb ta'kidlab o‘tgan Tramp. Uning aytishicha, boy odamlar bunday “narsalarni” o‘zlariga ep ko‘ra oladi.

Avvalroq Katta yettilikning navbatdagi sammiti Trampga qarashli kurortda o‘tkazilishi ma'lum qilingandi. Biroq Tramp demokratlarning tanqididan keyin sammitni o‘z kurortida o‘tkazish g‘oyasidan voz kechgan. AQSh prezidentining ta'kidlashicha, u o‘z kurortida sammit o‘tkazilishidan hech qanday foyda olmasdi, aksincha barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olmoqchi bo‘lgan.

Trampning aytishicha, endi bo‘lsa demokratlar sababli sammit o‘tkazilishi xarajatlarini u emas, balki soliq to‘lovchilar qoplashiga to‘g‘ri keladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top