22:37 / 24.10.2019
0
2243
Jonson YeI Brexit muddatini ortga surishi mumkinligini aytdi

Ayni paytda London YeIning qarorini kutmoqda.

Foto: Associated Press / Kirsty Wigglesworth

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson YeI Brexit muddatini 31 oktyabrdan kechroqqa surishi mumkinligini ma'lum qildi.

"Aftidan, YeIdagi do‘stlarimiz men istamagan holda muddatni cho‘zish to‘g‘risidagi iltimosga rozi bo‘lishmoqchi", - dedi u jurnalistlarga.

Brexit muddatini uzaytirishni so‘ramasligi haqida bir necha bor gapirgan Jonson parlament qonun qabul qilganidan va bu qonun bo‘yicha ovoz berish o‘tkazilganidan so‘ng muddatni uzaytirish to‘g‘risida so‘rov jo‘natishga majbur bo‘ldi.

Ayni paytda London YeIning qarorini kutmoqda.

Mavzu
Brexit jarayoni
Mey Bryusselni Brexit boshlanganligi haqida xabardor etuvchi maktubni imzoladi
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top