12:29 / 25.10.2019
0
4892
Xorijda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi e'lon qilindi 
Foto: iStock

Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibi e'lon qilindi. Tegishli nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.

Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari kengashlarining murojaatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish sxema bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobari miqdorida yig‘im undiriladi.

Undirilgan yig‘im quyidagi tartibda taqsimlanadi:

20 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali budjetdan tashqari jamg‘armasining shaxsiy hisob raqamiga;

60 foizi — OAKning hisob raqamiga;

20 foizi — O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga.

YaIDXP orqali murojaat qilinganda yig‘im davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun belgilangan yig‘imning 90 foizi miqdorida undiriladi.

Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ekspertizasiz) tan olish O‘zbekiston Respublikasi OTM/ITM kengashi tavsiyasiga muvofiq OAK tomonidan amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlar attestatsiya organlari tomonidan 1992 yil 1 yanvarigacha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashab va ishlab turgan chet el fuqarolariga berilgan ilmiy unvonlar haqidagi hujjatlarni tan olish talab etilmaydi.

Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun OTM/ITM kengashi tomonidan bevosita DXA yoki YaIDXP orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilinadi.

DXAga murojaat qilinganda OTM/ITM nomidan davlat xizmatlari markazi xodimi, YaIDXP orqali murojaat qilinganda OTM/ITM ilmiy kotibi xorijiy davlatda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjatini tan olish haqidagi so‘rovnomani to‘ldiradi.

Xorijiy davlatda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish uchun so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

a) OTM/ITM rahbari imzolagan yo‘llanma xat. Xatda talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili va joyi, ish joyi va lavozimi, shuningdek, qachon va qaysi davlatda ilmiy unvon attestatini olganligi, ilmiy unvonning rasmiy nomi, xorijda olingan hujjatning berilgan kuni, seriyasi va raqami hamda OTM/ITM kengashi majlisi o‘tgan sana va raqami haqidagi ma'lumotlar ko‘rsatiladi;

b) ilmiy unvon attestati (nusxasi olinib, asli qaytariladi). Xorijiy davlatda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjatning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilingan notarial tasdiqlangan nusxasi;

v) talabgor to‘g‘risida obektiv-ma'lumotnoma (talabgor pasportining nusxasi ilova qilinadi);

g) OTM/ITM kengashi majlisi bayonnomasi (mazkur muassasa ilmiy kotibi tomonidan tasdiqlangan va muhrlangan holda).

Hujjatlar qabul qilingandan keyin barcha qog‘oz shaklidagi hujjatlar OTM/ITM ilmiy kotibiga qaytariladi. Boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Tegishli ma'lumotlar kiritilgandan so‘ng OTM/ITM ilmiy kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning ruxsat berilgan boshqa vositalari bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

Hujjatlarni taqdim etgan OTM/ITM ma'lumotlarning to‘g‘riligi va qalbaki hujjat (hujjatlar) taqdim etilmaganligiga mas'uldirlar. Qalbaki hujjatlar aniqlanganda, OTM/ITM tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beriladi.

Quyidagi holatlarda davlat xizmatlari ko‘rsatilishi rad etilishi mumkin:

so‘rovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari bilan tasdiqlanmaganida;

so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganida;

xorijiy davlatda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatganlik uchun belgilangan yig‘im to‘lanmaganida.

Davlat xizmatlari ko‘rsatishni mazkur bandda ko‘rsatilgan asoslardan boshqa holatlar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

OTM/ITM davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortishga haqli.

OTM/ITM davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning murojaati ko‘rilmasdan qoldiriladi va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

Talabgorga bog‘liq bo‘lmagan holatlar (talabgorning vafot etishi, mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolishi va talabgorga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar tufayli davlat xizmatidan foydalanish zarurati mavjud emasligi) sababli davlat xizmatidan foydalanilmagan taqdirda, to‘langan yig‘im talabgorga yoki uning qonuniy vakiliga, qonuniy vakili bo‘lmagan hollarda huquqiy vorisiga qaytariladi.

OAKga ma'lumotlar quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:

DXA orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma qabul qilingan vaqtdan boshlab o‘n daqiqa ichida;

YaIDXP orqali murojaat qilinganda darhol yuboriladi.

To‘liq taqdim etilmagan hujjatlar OAK tomonidan ko‘rib chiqilmaydi hamda hujjatlar topshirilgan paytdan boshlab bir ish kunida so‘rovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha DXA yoki YaIDXP orqali kamchiliklari ko‘rsatilgan holda OTM/ITMga qaytarib yuboriladi.

Ilmiy unvonlar bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar 2 oydan oshmagan muddatda ko‘rib chiqiladi. Attestatsiya ishini qo‘shimcha o‘rganib chiqishni talab qiladigan hollarda, OAK Rayosatining qarori bilan attestatsiya ishini ko‘rib chiqish muddati 2 oygacha uzaytirilishi mumkin.

Attestatsiya ishini ko‘rib chiqish muddatini hisoblashda attestatsiya ishini ko‘rib chiqishning uzaytirilgan muddati va iyul-avgust oylari hisobga olinmaydi.

Hujjatlar taqdim etilgandan keyin OAK ekspert kengashining xulosasi asosida OAK Rayosatining navbatdagi majlisida attestatsiya ishi ko‘rib chiqiladi va xorijiy davlatda olingan ilmiy unvon to‘g‘risidagi hujjatni tan olish yuzasidan tegishli qaror qabul qilinadi.

Xorijiy davlatda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjatini tan olish bo‘yicha OAK Rayosatining qarori asosida muvofiq shakldagi guvohnoma rasmiylashtiriladi hamda OAK mas'ul xodimi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, bir ish kuni ichida tegishliligiga ko‘ra DXA yoki YaIDXP orqali guvohnoma qabul qilingan paytdan boshlab bir soat ichida OTM/ITMga yuboriladi.

Xorijiy davlatda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjat guvohnoma bilan birgalikda taqdim etilganda O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy kuchga ega bo‘ladi.

Xorijiy davlatda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma O‘zbekiston Respublikasidagi kasbiy faoliyat yuritish hamda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga berilgan imtiyozlardan foydalanish huquqini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy davlatlarning oliy ta'lim muassasalarida ilmiy unvonlar berilgani to‘g‘risidagi ma'lumotlarni olishda OAKga ko‘maklashadi.

Xorijiy davlatda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma egasining familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgargan taqdirda uning arizasiga binoan guvohnoma qayta rasmiylashtiriladi.

Xorijiy davlatda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish tegishli hujjatlar ariza olingan kundan boshlab OAK tomonidan o‘n besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.

Yo‘qotib qo‘yilgan yoki yaroqsiz holga kelgan xorijiy davlatda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma o‘rniga, ular egasining arizasiga ko‘ra dublikat beriladi.

Xorijiy davlatda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnomaning qayta rasmiylashtirilganligi yoki dublikat berilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

Talabgor xorijiy davlatda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish yoki uni rad etish haqidagi qaror va OAK xodimlarining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Xorijiy davlatda ilmiy unvon olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish natijalari yuzasidan shikoyat va arizalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish haqidagi guvohnomalar hisobi OAKning tegishli axborot tizimlari kompleksi reyestrida yuritiladi.

Guvohnomalar reyestrida talabgor to‘g‘risidagi asosiy ma'lumotlar, xususan, talabgorning familiyasi, ismi, otasining ismi, ilmiy daraja olgan davlat va ta'lim muassasasining nomi, ixtisosligi, guvohnoma seriyasi va raqami, guvohnomaning berilgan sanasi va tartib raqami hamda fuqarolik pasportining seriyasi, raqami va talabgorning shaxsiy idenfikatsiya raqami (JSh ShIR) ko‘rsatiladi.

Xorijiy davlatlarda ilmiy unvonlar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olingan talabgorlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar OAK veb-sayti va “OAK Byulleteni” jurnalida e'lon qilib boriladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top