01:03 / 26.10.2019
0
19454
D vitaminining kutilmagan foydasi ma'lum qilindi 
Foto: Getty Images

Olimlar ultrabinafsha nurlanishning teriga ta'sirida yoki D vitamini qabul qilinganda inson ichagidagi bakteriyalar tarkibi o‘zgarishini aniqlashdi. Mutaxassislarning fikricha, D vitamini organizmning himoyalovchi xususiyatlarini ancha yaxshilaydi. Bu haqda Frontiers in Microbiology nashrida ma'lum qilingan. 

Mutaxassislarning eslatishicha, quyosh nurining ta'siri organizmda immunitetni oshiruvchi D vitamini ishlab chiqilishiga ko‘mak beradi. Shuningdek, bu vitamin qo‘shimchalar sifatida qabul qilinadi. Bu safar olimlar D vitamini ishlab chiqilishi va inson ichagi mikrobiomi tarkibi o‘rtasida bog‘lanish bor-yo‘qligini tekshirishga qaror qilishgan.  

20 dan ko‘proq kishi ishtirok etgan tajriba qishda o‘tkazilgan. Ishtirokchilarning butun tanasi bir daqiqadan 3 marta ultrabinafsha nurlanishga uchratilgan. Natijada tajriba oxirida ishtirokchilarning organizmidagi bakteriyalar turfa xilligi ancha oshgan. Shu bilan birga bir qism ishtirokchilar D vitamini qabul qilgan. Ularda tajriba oxirida bakteriyalar tarkibi sezilarli o‘zgarmagan.   

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, D vitamini yo‘g‘on ichak saratonidan himoyalovchi Lachnospiraceae oilasiga mansub bakteriyalar ko‘payishiga eng ko‘p ta'sir qilgan.
 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top