Yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarning 71 foizida D vitamini yetişmovçiligi aniqlandi. Bu haqda Almazov nomidagi milliy tibbiy tadqiqot markazi boş direktori, RFA akademigi Yevgeniy Şlyaxto öz hisobotida ma'lum qildi.
Hisobotda körsatilişiça, COVID-19 bemorlarining 71,3 foizida D vitamini taqçilligi aniqlangan, jumladan, 36,3 foiz bemorlarda oğir yetişmovçilik qayd etilgan.
"D vitamini taqçilligi kasallikning noxuş rivojlanişida muhim omil hisoblanadi", - dedi Şlyaxto.
Sentabr oxirida Boston universiteti tibbiyot maktabi olimlari organizmida D vitamini yetarliça miqdorda bölgan koronavirusga çalingan bemorlar orasida uning taqçilligi kuzatilganlarga nisbatan oğir holatlar va ölimlar kam bölişi haqidagi xulosaga kelişgandi.
Iyul oyida Britaniyaning uçta nufuzli ilmiy taşkiloti ham D vitamini koronavirusga çaliniş xavfini kamaytirişi mumkinligi borasidagi taxminini bildirgandi.













