Organizm quyoş ta'siri vaqtida oladigan uşbu vitamin koronavirusga qarşi kuraşa olişi borasidagi taxminni Britaniyaning ovqatlaniş böyiça ilmiy-maslahat komissiyasi, Soğliqni saqlaş milliy instituti va mamlakatning yetakçi ilmiy taşkiloti – London qirollik jamiyati tekşirgan. Bu taşkilotlarning barçasi uşbu taxminni tasdiqlaş uçun hali asos va ma'lumotlar yetarli emasligi haqidagi xulosaga kelgan, biroq uni rad ham etmagan.
London imperiya kollejining immunologiya böyiça professori Çarlz Bengxemning ta'kidlaşiça, u dastlab D vitamini tanqisligini sezuvçi odamlar nafas oliş yöllari kasalliklariga çalinişga moyil ekanliklariga şubha bilan qaragan, biroq hozirda şunday ekanligiga işonçi komil. Vaholanki, koronavirus birinçi navbatda nafas yöllariga zarar yetkazadi. Olimning aytişiça, vitaminning yetişmasligi qora tanli odamlar koronavirus çaqiruvçi kasallikni oğirroq ötkazişlarining sabablaridan biri hisoblanadi: ularning terisi quyoş nuriga kamroq ta'sirçan böladi va şu sababli kamroq miqdorda D vitamini oladi. Biroq bunga ta'sir qiluvçi boşqa omillar ham mavjud va şu sababli köproq ma'lumotlar zarur.
Financial Times naşrining yozişiça, Britaniyada qora tanlilar va milliy ozçiliklar aholining 13 foizini taşkil qiladi, biroq ularga koronavirusga çaliniş holatlarining taxminan uçdan bir qismi töğri kelmoqda. AQŞda esa afroamerikaliklar aholining 14 foizini taşkil qiladi va koronavirusga çalinganlarning 30 foizi ular hissasiga töğri kelmoqda.
Biroq Glazgo universiteti tibbiyot professori Navid Sattor D vitaminining koronavirusga ta'sir qilişi mumkinligiga şubha bilan qaraydi. U 340 mingta qon namunasini tahlil qilgan. Donorlardan 650 nafari koronavirusga çalingan, ulardan 200 nafari vafot etgan. Olim va uning hamkasblari koronavirus va D vitaminining qondagi miqdori örtasida boğliqlik borligini aniqlaşmagan. Biroq Sattor vitaminning koronavirusga qarşi samaradorligini alohida tadqiqot doirasida tekşiriş lozimligini aytgan.













