Koronavirusdan soğayganlarga soğliqlarini tiklaşda D vitamini va V guruhi vitaminlari qabul qiliş lozim. 

Rossiyalik kardiolog Tatyana Ribka koronavirusga çalinib, unday soğayib ketganlar bilan öz tavsiyalarini bölişdi.

Mutaxassisning ta'kidlaşiça, şamollaş yoki koronavirusga şubha paydo bölganda özining va yaqinlarining soğliğini asraş uçun öz vaqtida şifokorga murojaat qiliş lozim. U, şuningdek, şifokor tavsiyalariga amal qiliş zarurligini eslatib ötgan.

“Hozirda davolaş sxemalari işlab çiqilgan, köp holatlarda uyda özini yakkalaşga rioya qilgan holda davolaniş yetarlidir. Biz, şifokorlar, yuzlab holatlar misolida şuni kördikki, agar bemor koronavirusdan töğri davolansa, uning ba'zi asoratlari xavfi minimal böladi”, deb tuşuntirgan mutaxassis. 

Şifokorning tavsiya qilişiça, agar koronavirusdan soğayib ketgaç ham darmonsizlik saqlanib qolsa, D vitamini va V guruhi vitaminlari qabul qiliş lozim. Bundan taşqari, mehnat va hordiq rejimiga amal qiliş, köproq sayr qiliş kerak.