09:37 / 15.11.2019
0
2875

Luvrda O‘zbekiston ekspozitsiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik Parijda muhokama qilindi

Foto: Globallookpress

Luvrda O‘zbekiston ekspozitsiyasini o‘tkazishga tayyorgarlikning borishi Parijda muhokama qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2019 yilning 13 noyabr kuni Fransiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov Luvr muzeyi prezidentining diplomatik maslahatchisi Albert Vial bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda 2021 yilda Luvr muzeyida bo‘lib o‘tadigan «Ipak yo‘lidagi tamaddunlar va madaniyatlar» ko‘rgazmasiga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokama qilindi. 

Bildirilishicha, ko‘rgazmada o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy merosiga bag‘ishlangan ekspozitsiya namoyish etiladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top