Prezident administratsiyasi Ijro etuvçi apparati Kommunikatsiyalar va axborot siyosati böyiça şu’ba mudiri Saida Mirziyoyevaning yozişiça, ğoya tuğilganidan to uni röyobga çiqargunça oradan tört yil ötgan. 

“Men barça hamkorlarimiz, döstlarimiz va hamkasblarimizga birgalikda amalga oşirilgan ajoyib iş uçun minnatdorçilik bildiraman! 

“Şarq karvoni”, xuddi ming yil avvalgidek, Yevropaga yetib kelib, barçani hayratga solmoqda. Bu biz uçun madaniyatimizni jahon tarixiga kiritiş yölidagi yana bir katta qadamdir”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

23 noyabr kuni Parijdagi Luvr muzeyida eng uzoq kutilgan "Özbekiston vohalari möjizalari. Karvon yöllari çorrahasida" körgazmasi oçildi.

“Uşbu yorqin voqeaga yurtimiz tarixiga muhabbat bilan bir neça yil astoydil tayyorgarlik körildi!” - deydi Saida Mirziyoyeva.

Qayd etilişiça, körgazma Yevropa jamoatçiligida katta qiziqiş uyğotmoqda. 

“Biz dunyoga oçilyapmiz, Özbekiston global madaniyatga tobora singib, odamlarga yanada yaqin va tuşunarli bölmoqda”, deb yozadi Prezident administratsiyasi Ijro etuvçi apparati Kommunikatsiyalar va axborot siyosati böyiça şu’ba mudiri.

Körgazma Buyuk Ipak yöli tarixi haqida hikoya qiladi va ikki ming yildan ortiq vaqtni qamrab oladi. Körgazmadan 168 ta muzey eksponati, xususan, Özbekistonning 13 ta muzeyidan 137 ta, şuningdek, dunyoning yetakçi muzeylaridan 31 ta eng qimmatli eksponatlar taqdim etiladi, ularning aksariyati birinçi marta namoyiş etilmoqda.

Körgazma kelgusi yilning 6 martiga qadar davom etadi.