23-24 noyabr kunlari Parijdagi Luvr muzeyida va Arab dunyosi institutida Özbekistonning ilk ekspozitsiyalari oçilişi bölib ötdi. Bir neça kun içida köplab odamlarni jalb eta olgan uşbu körgazma haqida taşkilotçilar ilk taassurotlari bilan bölişişdi.
Xususan, 2009 yilda Buxoroda ötkazilgan arxeologik qidiruv işlarida rahbar bölgan va ayni vaqtda Luvrdagi “Özbekiston vohalari möjizalari. Karvon yöllari çorrahasida” nomli körgazmaga kuratorlik qilayotgan arxeolog va ilmiy tadqiqotçi Rokko Rante ham fikr bildirib, bunda Saida Mirziyoyevaning yordami katta rol öynaganini aytgan.
“Uning yordami bilan eksponatlar Luvr muzeyidan joy egalladi. Bu juda muhim, çunki nodir namunalarsiz körgazma bugungidek muvaffaqiyatga erişa olmasdi. Buning uçun Mirziyoyevaga yana bir bor taşakkur deyman.
Arxeolog olim sifatida barça eksponatlarning ajoyibligini ayta olaman. Lekin ular orasida 2-3 ta juda ahamiyatli bölgan san’at durdonalari bor. Masalan, Dalvarzintepadan topilgan haykallar, Varaxşa, Afrosiyob suratlari va ayni vaqt ortimda turgan namunalar ham juda noyob va qiziqarlidir. Kofirqal’adan keltirilgan yodgorliklarning barçasini körgazmaning bezagi deb ayta olamiz. Biz ular orqali taşrif buyuruvçilarga Özbekistonning Kuşonlar, Amir Temur hamda Temuriylar davriga oid tarix, balki butun mamlakat ötmişidan hikoya qilişimiz mumkin. Men bu loyiha ustida işlagan barça arxeologlarga, eksponatlarni konservatsiya qilişda qatnaşgan mutaxassislarga ham taşakkurimni bildiraman. Ularning mehnati sabab bu tadbirni ötkaza oldik”.
Şuningdek, Arab dunyosi instituti prezidenti Jak Lang “Samarqandga yöl. Ipak va oltin möjizalari” körgazmasi haqida şunday deydi:
“Saida Mirziyoyeva va Özbekiston hukumatining qöllab-quvvatlovisiz bu tadbirni ötkaziş imkonsiz edi. Saida Mirziyoyeva san’at sohasida öziga xos tajribaga ega. Ikkita davlat prezidentining körgazmaga taşrif buyurişi keluvçilarning qiziqişini yanada oşirdi.
Körgazma bizga şarqning uzoq tarixi bilan tanişiş imkoniyatini beradi. Bu möjizani kaşf qilişimizda Saida Mirziyoyevaning hissasi katta”.
Mazkur körgazma Özbekistonning 9 ta muzeyidagi 300 dan ortiq eksponatlarni öz içiga olgan va unda özbek amaliy san’at buyumlari: milliy töqimaçilik namunalari, milliy liboslar, boş kiyimlar, XIX –XX asr örtalariga oid bezaklar taqdim etilyapti. Körgazma kuratori Yaffa Assulin tadbirni kuzatar ekan, uning muvaffaqiyatli ötişida Özbekistonning örni ahamiyatli ekanligini aytgan.

















