Körgazma Yevropa jamoatçiligi orasida katta qiziqiş uyğotdi. Şu kunlarda Özbekiston tarixi va madaniy hayoti aks etgan eksponatlarni köriş uçun muzeyda katta navbat hosil bölgan. 

Qayd etiş kerakki, körgazma har kuni 20 ming sayyohni qabul qilmoqda. Bu esa Özbekistonni butun dunyoga tanitişda katta hissa qöşadi.

Körgazma Buyuk Ipak yöli tarixi haqida hikoya qiladi va ikki ming yildan ortiq vaqtni qamrab oladi. Körgazmadan 168 ta muzey eksponati, xususan, Özbekistonning 13 ta muzeyidan 137 ta, şuningdek, dunyoning yetakçi muzeylaridan 31 ta eng qimmatli eksponatlar taqdim etiladi, ularning aksariyati birinçi marta namoyiş etilmoqda.

Körgazma kelgusi yilning 6 martiga qadar davom etadi.