00:05 / 07.12.2019
0
4385

Reuters: Bag‘dodda noma'lum shaxslar namoyishchilarga qarata o‘q uzdi

Foto: AP

Bag‘dodda noma'lum shaxslarning namoyishchilarga qarata o‘q uzishi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Reuters agentligi xabar berdi. 

Agentlikning ma'lumotiga ko‘ra, voqea Bag‘dod markazidagi Tahrir maydonida yuz bergan. Xabar qilinishicha, 20dan ortiq kishi jarohatlangan.

Iroqda oktyabrdan buyon ishsizlik va korrupsiyaga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Deyarli barcha namoyishlar to‘qnashuvlar bilan o‘tmoqda. To‘xtovsiz namoyishlar ortidan mamlakat bosh vaziri Odil Abdul Mahdiy 30 noyabr kuni iste'foga chiqdi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top