Bağdodda namoyişçilar Şvetsiya elçixonasi binosiga bostirib kirib, uni yoqib yubordi, deb xabar bermoqda Reuters. Iroq poytaxtida bölib turgan AFP muxbirining xabar berişiça, 20 iyul, payşanbaga ötar keçasi binodan tutun kötarilayotgani kuzatilgan. 

Voqea Stokholmda Iroq elçixonasi oldida ötkazilişi rejalaştirilgan namoyişdan oldin sodir bölgan. Şvetsiyaning TT axborot agentligi ta’kidlaganidek, taşkilotçilar röyxatdan ötiş vaqtida mitingda Iroq bayroği va Qur’onni yoqib yubormoqçi ekanini aytgan. Bunga javoban Iroq şialarining nufuzli vakili Muqtada Sadr Şvetsiyaning Bağdoddagi elçixonasi oldida namoyişlar ötkazişga çaqirdi. Reuters agentligiga köra, aksiyada yuzlab odamlar iştirok etgan, AFP önlab namoyişçilar yiğilgani haqida yozyapti. Xabar qilinişiça, mitingda tartibni saqlaşi kerak bölgan köplab politsiyaçilar borligiga qaramay, namoyişçilar elçixonaga öt qöygan. 

Reuters agentligi Şvetsiya Taşqi işlar vazirligiga tayanib, Iroq poytaxtidagi elçixona xodimlari xavfsiz ekanini xabar qilmoqda. Vazirlik matbuot xizmati, şuningdek, Iroq rasmiylari diplomatik vakolatxonalar va ularning xodimlari xavfsizligi va himoyasini ta’minlaş uçun mas’ul ekanini ta’kidladi. 

Iroq Taşqi işlar vazirligi Şvetsiyaning Bağdoddagi elçixonasiga uyuştirilgan hujumni qoralab bayonot berdi, deb xabar qilmoqda AP. «Iroq hukumati vakolatli xavfsizlik organlariga voqea tafsilotlarini, uşbu harakat uçun aybdorlarni aniqlaş va ularni qonunga muvofiq javobgarlikka tortiş uçun zudlik bilan tergov ötkaziş va zarur xavfsizlik çoralarini körişni buyurdi», deyiladi Iroq TIV bayonotida.