10:59 / 11.12.2019
0
23316

Nobel mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: superjoseph/Shutterstock/FOTODOM

Stokholm va Osloda 2019 yil uchun Nobel mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosim an'anaga ko‘ra, mukofot ta'sischisi Alfred Nobelning vafot etgan kuni – 10 dekabrda bo‘lib o‘tdi. Nobelning vasiyatiga ko‘ra, tinchlik uchun Nobel mukofotidan tashqari qolgan barcha mukofotlar Stokholmda topshiriladi. Tinchlik uchun mukofot egasi esa Osloda taqdirlanadi.

Jami 14 kishi mukofot bilan taqdirlandi. Faxriy diplomlar, oltin medallar va 9 mln shved kronasi (850 ming yevro) miqdoridagi pul mukofotini sovrindorlarga Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav topshirdi. Tadbirda shuningdek qirollik oilasining boshqa a'zolari ham ishtirok etgan.

Joriy yilda fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishida Nobel mukofoti amerikalik Uilyam Kelin va Gregg Semensa hamda britaniyalik Piter Retkliffga topshirildi. Fizika sohasida kanadalik Jyeyms Piblz, shveysariyalik Mishel Mayor va Dide Kelo, kimyo sohasida amerikalik Jon Gudinaf, britaniyalik Stenli Uittingem va yaponiyalik Akira Yosino Nobel mukofoti bilan taqdirlandilar.

Adabiyot yo‘nalishidagi mukofotlar 2019 yil uchun avstriyalik yozuvchi Peter Xandkega, 2018 yil uchun polshalik yozuvchi Olga Tokarchukka topshirildi.

Iqtisodiyot uchun Nobel mukofoti bilan hind-amerikalik olim Abxijit Banerji, fransiyalik Ester Dyuflo va amerikalik Maykl Kremer taqdirlandi.

Osloda esa Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad Aliga tinchlik uchun Nobel mukofoti topshirildi.  

Peter Xandke
 Olga Tokarchuk
Abiy Ahmad Ali

Ester Dyuflo
Maykl Kremer

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top