Short-listdagi favorit: Zelenskiy Nobel mukofotini oladimi?
Bu yil Nobel qo‘mitasining oldida tinchlik bo‘yicha mukofot borasida asosan ikkita variant turgani aytilmoqda. Qo‘mita yo Ukrainani, yoki iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashayotganlarni qo‘llab-quvvatlashdan birini tanlashi mumkin. Laureat nomi 7 oktyabrda e’lon qilinadi.

Tinchlik bo‘yicha Nobel kimlarga beriladi?
Tinchlik bo‘yicha Nobel xalqlar orasida birdamlikni rivojlantirishga eng ko‘p hissa qo‘shganlarga, doimiy armiyalarni qisqartirgan yoki tugatganlarga, tinchlik kongressi o‘tkazgan yoki uni rag‘batlantirganlarga beriladi.
Mukofotga hukumat va parlament a’zolari, amaldagi davlat rahbarlari, universitetlarning tarix, ijtimoiy fanlar, huquq va falsafa professorlari, mukofotning sobiq laureatlari ham nomzod sifatida ko‘rsatilishi mumkin.
Bu yil tinchlik yo‘nalishiga 343 nafar nomzod berilgan. Ularning 251 nafari shaxslar, 92 tasi tashkilotlar. Bu – nomzodlar soni bo‘yicha 2-rekord sanaladi. Rekord 2016 yilda qayd etilgandi. O‘shanda 376 nafar nomzod ko‘rsatilgan.
Nomzodlarni kim aniqlaydi?
Laureatlarni Norvegiya parlamenti tomonidan tayinlangan 5 hakamdan iborat Norvegiya Nobel qo‘mitasi aniqlaydi. Hakamlar odatda nafaqadagi siyosatchilar orasidan tanlanadi. Nomzodlar esa Norvegiya siyosiy partiyalari tomonidan ilgari suriladi.
Nomzodlarni ko‘rsatish 31 yanvarda tugaydi. Qo‘mita a’zolari o‘z nomzodlarini qo‘mitaning fevral oyidagi birinchi yig‘ilishidan kechiktirmay taqdim etishlari kerak.
Qo‘mita barcha nomzodlarni muhokama qiladi va qisqa ro‘yxatni tuzadi. Keyin har bir nomzod doimiy maslahatchilar va boshqa ekspertlar guruhi tomonidan baholanadi va tekshiriladi.
Qo‘mita har oyda bir marta yig‘ilib nomzodlarni muhokama qiladi. Odatda yakuniy qaror oktyabr oyining boshida qabul qilinadi. Agar qo‘mita yakuniy qarorga kelolmasa, g‘olib ko‘pchilik ovoz berish yo‘li bilan tanlanadi.
Nomzodlar orasida kimlar bor?
Nomzodlarning to‘liq ro‘yxati sir saqlansa ham o‘z nomzodini berganlar bu haqda ma’lumot berishlari taqiqlanmagan.
So‘nggi yillarda Norvegiya qonunchilari o‘z nomzodlarini oshkor qilishni boshlagan.
Reuters ma’lumotiga ko‘ra, bu yil ro‘yxatga ekofaol Greta Tunberg, Belarus muxolifatchilari Svetlana Tixanovskaya, Mariya Kolesnikova va Veronika Tsepkalo kiritilgan.
Bundan tashqari, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy, Rim papasi Frensis, Britaniya tabiat teleradiokompaniyasi Devid Attenboro, Tuvalu tashqi ishlar vaziri Saymon Kofe va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti nomzodlari ham ilgari surilgan.
Bashoratchilarning bu yilgi favoritlari orasida esa “The Kviv Independent” gazetasi, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va BMTning qochqinlar bo‘yicha agentligi bor. Ko‘p nashrlar bu yil mukofotni Zelenskiy olishiga ishonch bildirmoqda.
G‘olib 7 oktyabrda Toshkent vaqti bilan soat 14:00da e’lon qilinadi. Taqdirlash marosimi 10 dekabr, ya’ni Alfred Nobelning vafot etgan kunida Oslodagi Norvegiya Nobel institutida bo‘lib o‘tadi. Laureatga medal, diplom va 900 ming dollar pul hadya qilinadi.
Yaqin yillardagi g‘oliblar
2020 yilda tinchlik yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti Jahon oziq-ovqat dasturiga berilgandi. World Food Programme ochlikka qarshi kurash harakatlari, nizoli hududlardagi vaziyatni yaxshilashga qo‘shgan hissasi, ochlarni urush va mojarolar quroli sifatida foydalanishdan himoya qilgani uchun taqdirlangan. Dastur 2019 yilda 88 mamlakatda ochlikdan qiynalayotgan 110 million odamga yordamlashgan. WFP ochlikka qarshi kurashuvchi va oziq-ovqat xavfsizligini himoyalaydigan BMTning eng katta tashkiloti hisoblanadi.
2021 yilda esa Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti ikki jurnalistga berilgandi. Biri – Dmitriy Muratov – Rossiyadagi kam sonli mustaqil nashrlardan biri “Novaya gazeta” bosh muharriri, ikkinchisi – Mariya Ressa – Filippindagi taniqli mustaqil nashrlardan bo‘lmish Rappler rahbari. Ular “demokratiya va bardavom tinchlik uchun birlamchi shart – so‘z erkinligini himoya qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlari uchun” taqdirlanishgan.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
-
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP
Jahon | 22:46 / 22.04.2025
Mavzuga oid

22:46 / 22.04.2025
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP

21:41 / 22.04.2025
Putin ma’lum shartlar asosida Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini aytdi. Zelenskiy bunga nima deydi?

13:15 / 22.04.2025
Trampning Ukraina bo‘yicha rejasi ba’zi shartlari e’lon qilindi – OAV

13:04 / 22.04.2025