08:03 / 16.12.2019
1
4222

Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Nizomga ko‘ra, tovarlarni kelib chiqishini sertifikatlash bu – O‘zbekistondan eksport va reeksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni berish, guvohlantirish orqali uning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza o‘tkazish jarayonidir.

Sertifikat Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki u tomonidan vakolat berilgan organ tomonidan beriladi. 

Shuningdek, eksport qiluvchi/ariza beruvchining ariza-deklaratsiyasi asosida sertifikat Savdo-sanoat palatasi tomonidan ham berilishi mumkin. 

Ekspertizani o‘tkazish va sertifikatni rasmiylashtirish xarajatlarini ariza beruvchi to‘laydi. 

To‘lov miqdori xizmat turiga qarab 1 sertifikat (ekspertiza dalolatnomasi/ekspert xulosasi) uchun ariza beruvchi murojaat qilgan kundagi BHMga nisbatan 0,2 dan 1,9 gacha etib belgilandi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top