“2024 yil I çoragiga möljallangan investitsiya dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qaroriga köra, 2024 yilda Xitoy banki Transport vazirligiga tabiiy gazda harakatlanuvçi 1000 dona avtobus hamda “Toşşahartransxizmat” korxonasi uçun 200 dona elektrobus xaridi uçun jami 180 mln dollar miqdorida qarz mablağlari ajratadi.

Nukus şahri va viloyat markazlari jamoat transporti uçun 1000 dona siqilgan tabiiy gazda harakatlanuvçi katta siğimli avtobuslar xarid qiliş uçun xalqaro moliyaviy taşkilotdan 120 mln dollar jalb qilinadi.

“Toşşahartransxizmat” tomonidan harakat tarkibini 200 dona katta siğimli elektrobuslar va ular uçun quvvatlaş uskunalarini xarid qiliş yöli bilan yangilaşni taşkil etiş uçun 60 mln dollar jalb qilinadi.