Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda hokimlarning 60 ta qarori sudda haqiqiy emas deb topildi
2023 yilda eng ko‘p bekor qilingan qarorlar Toshkent shahri va Chilonzor tumani hokimlariga tegishli.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahri hokimi, shuningdek, tuman hokimlarining 60 ta qarori sudda haqiqiy emas deb topilgan. Bu haqda Toshkent shahri Ma’muriy sudi raisi Ulug‘bek Almamedov ma’lum qildi.
Qayd qilinishicha, 2023 yilda Toshkent shahri va tuman hokimlarining qarorlarini haqiqiy emas deb topish bo‘yicha 220 ta ish ko‘rib chiqilgan. Shundan 60 ta qaror haqiqiy emas deb topilgan. 120 tasi talab bo‘yicha rad qilingan.
Sud raisi ma’lumotiga ko‘ra, qarorlarning haqiqiy emas deb topilishi borasida tumanlar kesimida Chilonzor tumani hokimi, umumiy ko‘rsatkich borasida esa Toshkent shahri hokimi yetakchi hisoblanadi.
Jumladan 2023 yil yakunlari bo‘yicha Bektemir, Yunusobod, Yashnobod, Yangihayot, Mirobod tumani hokimlarining bittadan qarori, Mirzo Ulug‘bek va Uchtepa tumanlari hokimlarining 3 tadan, Shayxontohur tumani hokimining 4 ta, Olmazor tumani hokimining esa 7 ta qarori haqiqiy emas deb topilgan. Bu borada tumanlar bo‘yicha yetakchilik Chilonzor hokimida bo‘lib, o‘tgan yil davomida uning 10 ta qarori haqiqiy emas degan sud qarori qabul qilingan.
Qo‘shimcha qilinishicha, Toshkent shahri hokimi ham sud e’tiroziga sabab bo‘lgan va haqiqiy emas degan tamg‘aga ega 23 ta qaror qabul qilgan.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
14:56 / 15.01.2026
Tuman (shahar) va viloyat sudlariga rais lavozimi kerakmi?
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
19:07 / 13.01.2026