21:25 / 22.12.2019
0
35127

Saylovda davomat 71 foizdan ortiqroq bo‘ldi

O‘zbekistonda 22 dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan vakillik organlariga saylovlarda davomat 71,1 foizni tashkil etdi.

MSK ma'lumotiga ko‘ra, siyosiy jarayonda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12ta viloyat va Toshkent shahridagi jami 10260ta saylov uchastkasida ro‘yxatga olingan 18 million 797 ming 810 nafar saylovchidan 13 million 355 ming 911 nafari ishtirok etgan.

Eng yuqori davomat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan bo‘lib, bu hududlarda saylovchilarning 75,4 foizi fuqarolik huquqidan foydalangan.

Parlament saylovining dastlabki natijalari 23 dekabr kuni soat 14:00da boshlanadigan matbuot anjumanida e'lon qilinadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top