11:28 / 27.12.2019
0
9280

Savdo do‘konidan 35 mln so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan shaxs barmoq izlari orqali topildi

Foto: Dreamstime

Buxoro viloyati Romitan tumanida yashovchi fuqaro N.U. tuman IIBga ariza orqali murojaat qildi, deb yozmoqda Postda.uz. 

U o‘z arizasida joriy yil 21 dekabr kuni soat 23:00dan 22 dekabr kuni soat 05:40ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs eshik qulfini buzish orqali unga tegishli savdo do‘koniga kirib, u yerdan 35 million so‘m pulni o‘g‘irlab ketganligini bildiradi.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida xodimlar tomonidan voqea joyi sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Bu yerdan olingan qo‘l-barmoq izlari viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limidagi maxsus baza orqali tekshirilganida, ushbu barmoq izlari fuqaro N.B.ga tegishli ekani aniqlandi. U ushbu jinoyatni haqiqatan sodir qilgani ma'lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top