19:48 / 29.12.2019
0
5143
Holand «Borussiya» Dortmundga o‘tdi

«Zalsburg» hujumchisi Erling Holand Dortmundning «Borussiya» klubiga o‘tdi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri ma'lum qildi.

Bitim 2024 yilgacha mo‘ljallangan.

Avvalroq «Yuventus» Holandga 30 mln yevro taklif etgani, klublar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga kirgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Shuningdek, Holandga «MYu» va «Leypsig» ham da'vogar edi.

Ma'lumot uchun, hujumchi bu mavsumda 22ta o‘yinda 28ta gol urishga erishdi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top