Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvardiola – UYeFA talqiniga ko‘ra 2022/23 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi, Holand - eng yaxshi futbolchi
UYeFA 2022/23 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Yevropaning eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi nomini e’lon qildi.
«Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Ispaniyalik mutaxassis bu borada Simone Indzagi («Inter») va Luchano Spalettini («Napoli» sobiq ustozi) ortda qoldirdi.
Gvardiola qo‘l ostida «Siti» o‘tgan mavsumda YeChL, APL va Angliya Kubogi g‘olibiga aylangandi.
«Manchester Siti» klubi va Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand UYeFA talqiniga ko‘ra Yevropaning o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
23 yoshli forvard o‘tgan mavsum Manchester klubi bilan APL, YeChL, Angliya Kubogi va Yevropa Superkubogida zafar quchdi. Shuningdek, Erling Premer-liga va Chempionlar Ligasida to‘purar bo‘ldi.
Holanddan tashqari uning klubdoshi, Belgiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne va hozirda «Inter Mayami»da o‘ynayotgan «PSJ»ning sobiq hujumchisi Lionel Messi ham sovringa da’vogar edi.
Mavzuga oid
12:21 / 17.06.2026
JChda 6-kun. Messi va Mbappeda rekordlar, koreyslar bazasida mojaro, nemislar bazasida ilon
15:56 / 22.05.2026
«Ketishim sababini so‘ramang». Gvardiola «Siti» bilan xayrlashdi
16:55 / 19.05.2026
Gvardiola «Siti»dan ketmoqda
07:59 / 08.05.2026