2024 yilgi Yevropa chempionatida qatnashadigan yetti jamoa nomi ma’lum bo‘lib ulgurdi. Mezbon Germaniya, oldingi turda yo‘llanmani hal qilgan Fransiya, Portugaliya va Belgiya yoniga Ispaniya, Shotlandiya va Turkiya qo‘shildi.

A guruhi

Holand va Xvicha uchun ikkinchi imkon

Norvegiya – Ispaniya 0:1
Gol: 0:1 – 49 Gavi.
Norvegiya – Nyuland, Ryuerson, Strannberg (Ayyer, 77), Estigor, Meling, Eursnes (Torstvedt, 77), Berg (Nusa, 58), Edegor, Berge, Bobb (Serlot, 59), Holand.
Ispaniya – Unai Simon, Karvaxal, Laport, Le Norman (David Garsiya, 46), Fran Garsiya, Fabian Ruis, Rodri, Gavi (Sanset, 79), Ferran Torres (Pedrasa, 71), Fati (Oyarsabal, 46), Morata (Hoselu, 89).
Ogohlantirishlar: Le Norman (30), Bobb (31), Ryuerson (40), Laport (56), Morata (61), Rodri (86).

Yakshanba Norvegiya uchun hal qiluvchi kun edi, chunki g‘alabadan boshqa har qanday natija skandinavlarda hatto ikkinchi o‘rin uchun matematik jihatdan ham imkon qoldirmasdi. G‘alaba uchun esa bir bosh baland sakrash talab etilardi. Tarkibda Holand va Edegor kabi yetakchilar bo‘lganida, bu albatta, imkon doirasidagi ish, ammo ikki jamoa solishtirilsa, Ispaniya — shunchaki boshqa ligada. Skandinavlar ular bilan tenglasha olmasdi.

«Qizil furiya»ga hatto Morata ahmoqona harakati bilan goldan mahrum etishi ham xalal bera olmadi. Yaqqol ofsayd holatida turgan forvard nega shusiz ham himoyachi orqali darvozaga kirib ketayotgan to‘pga zarba zarba bergani — tushunarsiz.

Ikkinchi bo‘limda Gavi urgan gol ham Morataning sustkashligi tufayli xavf ostida qolgandi - hakam orqaroqda qolib ketgan hujumchini darvozabonga xalaqit bergan deb topishi ham mumkin edi. Ammo bir necha daqiqa davomida videotakrorni o‘rganib chiqqan hakam baribir golni haqqoniy urilgan deb hisobladi.

«Qizil furiya» — qit’aning eng barqaror jamoasi bo‘lib qolmoqda. Faqat ispanlar 1994 yildan buyon qatorasiga o‘n oltinchi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishdi. Shu bilan birga, bu turda dam olgan Shotlandiyaga ham yordam berib yuborildi. Britanlar joriy asrda ikkinchi bor Yevro yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, Holand va jamoasi esa Millatlar ligasi pley-offi orqali zaxira variantidan foydalanishga harakat qiladi.