13:10 / 02.01.2020
0
6860

Airbus 9 yil ichida ilk bor Boeing’ni ortda qoldirdi

Foto: Reuters

Airbus aviasozlik kompaniyasi yetkazib berilgan samolyotlar soni bo‘yicha asosiy raqobatchisi - AQShning Boeing kompaniyasini ortda qoldirib, bu borada 1-o‘ringa chiqib oldi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi. Yevropa kompaniyasi 2019 yilda mijozlarga 863 ta samolyot yetkazib bergach, 2011 yildan beri ilk bor dunyoning eng yirik aviasozlik kompaniyasiga aylandi.       

Ta'kidlanishicha, Airbus dastlab 2019 yilda 860 ta samolyot yetkazib berishni rejalashtirgan. Yetkazmalar hajmi 2018 yilga (800 ta samolyot) nisbatan 7,9 foizga o‘sgan.  

Biroq kompaniyada rasman e'lon qilinishidan oldin hali tekshirilishi kerak bo‘lgan ushbu raqamlarga izoh berishdan bosh tortilgan. 

Boeing’ning bu boradagi ko‘rsatkichlari ancha past bo‘lib, kompaniya 2019 yil yanvaridan noyabrigacha 345 ta samolyot yetkazib bergan. Ikki kompaniya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bunday tafovut Boeing 737 Max samolyotlari bilan bog‘liq inqiroz sababli kuzatilgan.

 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top