19:15 / 06.01.2020
3
16383
AQShning Afg‘onistondagi elchisi o‘z lavozimini tark etishini ma'lum qildi 
Foto: AP

AQShning Afg‘onistondagi elchisi Jon Bass Kobulda 2 yillik diplomatik faoliyatdan keyin o‘z lavozimidan ketishini ma'lum qildi. 

“Men bilan rafiqam Xolli uchun Afg‘onistondan ketish fursati keldi”, deb yozgan elchi tvitterda. 

Uning ta'kidlashicha, u Afg‘oniston yetakchilari va fuqarolari birdam bo‘lib, “Tolibon” harakati bilan murosaga kelish maqsadida barcha ziddiyatlarni chetga surib, birga ishlashlariga umid qiladi.

AQSh davlat departamentidagi manbaning xabar berishicha, AQShning Kobuldagi elchilari ularning ishi katta stress bilan bog‘langani sababli odatda ushbu lavozimda 2 yildan ko‘proq ishlamaydilar.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top