02:51 / 07.01.2020
0
5880
A Seriya. «Inter» Neapolda g‘alaba qozondi, Lukakudan dubl
Foto: Getty Images

Italiya A Seriyasining 18-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Napoli» o‘z uyida peshqadam «Inter»ni qabul qildi va mag‘lubiyatga uchradi. Mehmonlar safida urilgan gollarga Lukaku (2ta) va Martines mualliflik qilishgan bo‘lsa, yagona javob to‘pini Milik kiritdi.

G‘alabadan so‘ng Antonio Konte shogirdlari ochkolarini 45taga yetkazib, peshqadamlikni davom ettirishmoqda. «Napoli» esa 24 ochko bilan 8-o‘ringa joylashgan.

A Seriya, 18-tur

Napoli – Inter 1:3
6 yanvar, «San-Paolo»
Gollar: Milik (39) – Lukaku (14, 33), Martines (62).
Napoli: Meret, Hyusay (Losano, 81), Di Lorenso, Ruy, Manolas, Fabian Ruis (Lorente, 84), Zelinski, Kalexon, Allan, Insine, Milik. 
Inter: Handanovich, Bastoni, Shkrinyar, de Vrey, Biragi, Galyardini (Barella, 56), Vesino (Sensi, 73), Kandreva, Brozovich, Martines, Lukaku (Valero, 88).
Ogohlantirishlar: Kandreva (29), Barella (61), Espozito (73), Sensi (82), Shkrinyar (84).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top